Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
2026-10-28 14:40:00 / Yangiliklar

Unda ikki mamlakat o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona va qardoshlik munosabatlari, ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning siyosiy irodasi, o‘zaro ishonch va qo‘shma tashabbuslari tufayli barcha sohalar qatori energetika yo‘nalishidagi hamkorlik ham izchil rivojlanib bormoqda. Bu esa mintaqada energetika xavfsizligini mustahkamlash va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Muloqot davomida elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish va tranzit qilish, Markaziy Osiyo yagona energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida hamkorlikdagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqaviy energetika infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shma loyihalar, jumladan, “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.


