O‘zbekiston va JICA yangi hamkorlik dasturini imzoladi
2026-10-06 09:50:00 / Yangiliklar

Tomonlar hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, amaldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni hamda yangi loyihalarni tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Erkin iqtisodiy zonalarni (EIZ) rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. EIZlarning master-rejalarini ishlab chiqish va xorijiy, jumladan, yapon kompaniyalarining investitsiyalarini jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishda JICA tomonidan ko‘rsatilayotgan texnik ko‘mak yuqori baholandi.
Uchrashuv yakunida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Hamkorlik dasturi imzolandi. Dastur 15 ta istiqbolli loyihani o‘z ichiga oladi. Tashabbuslar transport va energetika infratuzilmasi, inson kapitalini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va “yashil” o‘sish yo‘nalishlarini qamrab oladi.


