O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining yangi bosqichi
2026-05-20 09:25:00 / Yangiliklar

"Adani Group" Hindistonning eng yirik konglomerati hisoblanib, portlar va logistika, elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda uzatish, qayta tiklanuvchi energetika, shahar gaz taʼminoti, aeroportlar va sanoat xomashyosi kabi yoʻnalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
Muloqot davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda gidroenergetika, togʻ-kon sanoati, infratuzilma va koʻchmas mulk sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Hindiston tomoniga keyinchalik birgalikda ishlab chiqish uchun moʻljallangan istiqbolli loyiha takliflari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Hindiston tomoni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va yaratilgan investitsiyaviy imkoniyatlarni yuqori baholadi hamda turli yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda ilgari surish va kelgusidagi sheriklik mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

