UNFPA rahbari Samarqandda: gender tenglik, xotin-qizlar imkoniyatlari va xalqaro hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi
2026-05-19 12:20:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida delegatsiya vakillari hududda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash hamda aholi salomatligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova hamda Diena Keyta
ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, gender tengligini ta’minlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya vakillari O‘zbekistonda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yuqori baholadi. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qo‘shma tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mazkur tashrif kelgusida O‘zbekiston hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.


