Suv xavfsizligi va oziq-ovqat barqarorligi — xalqaro muloqot kun tartibida
2026-02-11 09:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida tomonlar agrar sohada hamkorlikni yanada kengaytirish, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini kamaytirish hamda suv resurslarini samarali boshqarishga qaratilgan zamonaviy mexanizmlarni amaliyotga joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot jarayonida suv xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat barqarorligini mustahkamlash yo‘lida ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish muhimligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, texnik maslahat markazlarini tashkil etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashish orqali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘zaro manfaatli takliflar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida xalqaro tajribaga tayangan samarali hamkorlik kelgusida aniq amaliy loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) 1984 yilda tashkil etilgan bo‘lib, suv tanqisligini kamaytirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib boradi, hukumatlar, xususiy sektor va fermerlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqadi hamda joriy etadi. Bugungi kunda institut dunyoning 10 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi. Uning Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.


